Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy hukumati delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Xitoy hukumati delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Joriy yilning 9-10 dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Xu Chunxua boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Vazirlar Mahkamasida 9 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Xu Chunxua boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi darajaga ko‘tarilishida davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasidagi samimiy, do‘stona va o‘zaro ishonch tamoyillariga asoslangan munosabatlar muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Qayd etilganidek, Xitoy an’anaviy ravishda mamlakatimizning yetakchi va ishonchli hamkorlaridan biridir. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik jadal rivojlanmoqda. 2021 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi qariyb 8 mlrd dollarni tashkil etdi. Davlatlarimiz Rahbarlari ushbu ko‘rsatkichni tez orada 10 mlrd dollarga yetkazishni belgilab bergan.

Investitsiya va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi hamkorlik ham izchil rivojlanyapti.

Bugungi kunda mamlakatimizda 2 100 dan ziyod Xitoy kapitali ishtirokidagi korxona faoliyat yurityapti. Birgina 2022 yilning o‘tgan 10 oyida O‘zbekistonda Xitoy kapitali ishtirokida 218 ta yangi korxona tashkil etildi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-logistika, madaniy-gumanitar sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring