Vladimir Putin prezident Shavkat Mirziyoyevni Yangi yil bilan tabrikladi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin kirib kelayotgan Yangi — 2022-yil bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar rahbarlarini tabrikladi.
Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Yangi yil tabrigida kirib kelayotgan 2022-yilda ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha samarali muloqot va yaqin hamkorlikdagi ishlar davom ettirilishiga umid bildirdi. «Bu, shubhasiz, Rossiya va O‘zbekiston do‘st xalqlarining asl manfaatlarini ifodalab, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan», — dedi Rossiya prezidenti.
Bundan tashqari, Rossiya davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Moskvaga tashrifi Rossiya-O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari mustahkamligini tasdiqlab, yangi istiqbolli qo‘shma loyihalar va hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab berganini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter