Turkiya Prezidentining «Twitter» sahifasi endi ruscha ham «gapiradi»
![Turkiya Prezidentining «Twitter» sahifasi endi ruscha ham «gapiradi»](https://static.xabaruz.com/crop/2/6/720_460_95_2647798606.jpg)
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning ijtimoiy tarmoqlar, xususan, «Twitter»dagi sahifasi endi rus tilida ham faoliyat yuritadi. Bu haqda «Anadolu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Rus tilidagi sahifa 3-aprel kuni Turkiya janubidagi Akkuyu atom elektr stansiyasi qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan marosim paytida ishga tushirilgan. Ushbu tadbirda Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ishtirok etgan.
Putin tashrifiga bag‘ishlangan qabul marosimi, atom elektr stansiyasi qurilishining boshlanishi va ikki rahbarning qo‘shma matbuot anjumani rus tilidagi sahifa orqali jonli uzatilgan. Ushbu jonli efirni prezidentning rus tilidagi sahifasi orqali 70 ming odam tomosha qilgan.
10 million obunachiga ega bo‘lgan prezident sahifasi hozirda turk, ingliz, arab va fransuz tillarida faoliyat olib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter