Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelmoqda

Turkiya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29-30 mart kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy martabali mehmon tashrif doirasida oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik sheriklik kengashining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari o‘tkazadigan muzokaralarning kun tartibidan ikki tomonlama do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Asosiy e’tibor savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoat, logistika, turizm va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida qo‘shma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini amalga oshirishga qaratiladi.

Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.

Sammit yakunida Qo‘shma bayonot va qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Avvalroq prezident Erdo‘g‘on tashrifi oldidan Toshkentda anjuman tashkil etilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring