Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «C5+1» shaklida uchrashuv o‘tkaziladi. Unda AQSh davlat kotibi Pompeo qatnashadi

Toshkentda «C5+1» shaklida uchrashuv o‘tkaziladi. Unda AQSh davlat kotibi Pompeo qatnashadi

Foto:«Seattletimes.com»

2020-yilning 3-fevral kuni Toshkent shahrida «C5+1» shaklida navbatdagi vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo ishtirok etadi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlarining Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh hamkorligini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhomkama qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mayk Pompeo 29-yanvardan 4-fevralga qadar Buyuk Britaniya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyurmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring