Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» O‘zbekistondan nimalarni so‘ragani ma’lum bo‘ldi

«Tolibon» O‘zbekistondan nimalarni so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Foto: alemarahenglish.af

Kobulda bo‘lib o‘tgan hukumatlararo yig‘ilishda afg‘on tomoni O‘zbekiston orqali afg‘on yuklarining tranziti uchun to‘lovlarni kamaytirishni so‘radi.

29-oktyabr kuni Afg‘oniston Bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul G‘ani Mulla Barodar va O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Abdul G‘ani Barodar Afg‘oniston mintaqaning asosiy tranzit nuqtasiga aylanishga intilayotgani, shu munosabat bilan Janubiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun yo‘llarni rekonstruksiya qilishga sarmoya kiritayotganini ta’kidladi.

Uchrashuvda u O‘zbekiston orqali olib o‘tilayotgan Afg‘oniston yuklari uchun yuqori tranzit to‘lovlari masalasini ko‘tarib, O‘zbekiston tomonidan ushbu to‘lovlarni kamaytirishni so‘radi.

«Tolibon» rasmiysi, shuningdek, Afg‘onistondan O‘zbekistonga eksport hajmi sezilarli darajada oshishini kutayotganini aytdi. Shu munosabat bilan u O‘zbekistonga maxsus imtiyozli tariflar va do‘stona savdo aloqalarini o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qilgan.

Avvalroq O‘zbekiston «Tolibon» bilan shartnomalar imzolagani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring