Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» hukumati O‘zbekistonga keladi

«Tolibon» hukumati O‘zbekistonga keladi

Iyul oyida O‘zbekistonda o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro anjumanda qatnashish uchun yangi afg‘on hukumati vakillari kelishi kutilmoqda. Bu haqda Abdulaziz Komilov gapirgan.

Kecha, 19 iyun kuni O‘zbekiston milliy xavfsizlik kengashi maslahatchisi, tashqi siyosat bo‘yicha prezidentning maxsus vakili Abdulaziz Komilov va tolibon boshqaruvidagi Afg‘oniston hukumati bosh vaziri o‘rinbosari Abdul G‘ani Barodar uchrashgan.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar, yirik iqtisodiy loyihalar va hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Aytilishicha, tolibon boshchiligidagi Afg‘oniston ikki mamlakat hamkorligida yangi sahifa ochgan.

Eslatib o‘tamiz, tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan Abdulaziz Komilov boshqa lavozimga o‘tkazilgandi. Yaqinda esa unga prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili vazifasi ham topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring