Tojikiston Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

Ertaga, 24-fevral kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya Farg‘ona shahriga keladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Hukumat a’zolari, yetakchi iqtisodiy tuzilmalar rahbarlaridan iborat delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter