Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tereza Mey vazirlar mahkamasi tarkibiga o‘zgartishlar kiritadi

Tereza Mey vazirlar mahkamasi tarkibiga o‘zgartishlar kiritadi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey.

Foto: «BBC»

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey tez orada vazirlar mahkamasi tarkibini o‘zgartiradi. Bu haqda u BBCning «The Endryu Marra Show» («Endryu Marra Shou») dasturiga bergan intervyusida aytdi, deya xabar bermoqda TASS.

«Rojdestvo oldidan Damian Grinning (vazirlar mahkamasi kotibiyati rahbari) o‘z lavozimini tark etishi, mahkamada ba’zi o‘zgarishlarni amalga oshirish kerakligini anglatadi va men buni ishlab chiqaman», dedi hukumat rahbari.

Yakshanba kuni «The Sunday Times» va «The Sunday Telegraph» gazetalari bosh vazir 8-yanvarda vazirlar mahkamasi tarkibidagi o‘zgarishlar haqida e’lon qilishi mumkinligi haqida ma’lum qilishdi. Nashrlarga ko‘ra, bir qator muhim vazirlar, shu jumladan moliya vaziri Filipp Hammond, tashqi ishlar vaziri Boris Jonson, ichki ishlar vaziri Ember Rudd va «Brexit» masalalari bo‘yicha vazir Devid Davis o‘z lavozimlarini saqlab qoladilar. Shu bilan birga, Tereza Mey vazirlar mahkamasining kamida olti nafar yangi a’zosini, shu jumladan, kotibiyat boshlig‘ini tayinlashi kutilmoqda.

Nashrlarning aniqlik kiritishicha, ishdan chetlatilishi mumkin bo‘lganlar orasida ta’lim vaziri Jastin Grining, iqtisodiyot vaziri Greg Klark va Konservativ partiyaning raisi, shuningdek, Lankaster gersogligi gersogi Patrik Maklaflin va jamoatchilik palatasining raisi Andrea Lidslar bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring