Stokgolmda O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
Shvetsiya poytaxti Stokgolmdagi diplomatik vakolatxona O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi 36-elchixonasi bo‘ladi.
O‘zbekistonning Shvetsiyadagi Muvaqqat ishlar vakili vazifasini diplomatik missiya maslahatchisi lavozimiga tayinlangan Nodir G‘aniyev bajaradi. G‘aniyev avval Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari va YeI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
O‘zbekiston prezidenti Shvetsiyada elchixona ochish to‘g‘risida 2021-yil aprelida qaror qabul qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter