Shavkat Umrzoqov yana bir vazifani egalladi
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisi etib tayinlandi.
Bugun Toshkent shahar sport boshqarmasi mas’ullari, poytaxt sport maktablarining rahbarlari hamda shaxmat bo‘yicha murabbiy-mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda shahrimizda shaxmat maktablarini tashkil etish va rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida shaxmatga bo‘lgan qiziqishni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi hamda hozirda Toshkent shahar hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Shavkat Umrzoqov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisi etib saylandi.
Shu bilan birga O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisining o‘rinbosarlari, ijrochi direktori hamda kotibi saylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter