Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahrida Islom Karimov haykalini ochdi (video)

Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahrida Islom Karimov haykalini ochdi (video)

Foto: «President.uz»

Bugun, 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 80 yilligi munosabati bilan Qarshi shahrida davlat arbobining haykali ochildi. Bu haqda «Repost» nashri xabar berdi.

Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova ishtirok etdi.

Qarshi shahridagi Islom Karimov haykali
Foto: «President.uz»

Tantanali marosimdan keyin davlat madhiyasi yangradi. So‘ng Shavkat Mirziyoyev va Tatyana Karimova haykal poyiga gulchambar qo‘ydilar.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyatida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning haykali o‘rnatilishi haqida avval xabar bergan edik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring