Shavkat Mirziyoyev Manas qishlog‘iga bordi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘iga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
«Manas» qishloq fuqarolar yig‘inida Jizzax viloyatida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Davlat rahbari terini qayta ishlash, agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat klasteri barpo etish, tuya suti bilan davolaydigan klinika tashkil qilish borasidagi takliflarga alohida e’tibor qaratdi.
Aholining tomorqa xo‘jaliklaridan samarali foydalanishiga ko‘maklashish, fermer va dehqon xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha konsalting xizmati ko‘rsatish, moliyalashtirish bazasini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter