Shavkat Mirziyoyev ish o‘rni yaratishdagi kamchiliklarga to‘xtaldi
Prezident raisligida xizmatlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yil yakuniga qadar rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ish o‘rni yaratishdagi kamchiliklar haqida gapirgan.
«Lekin ayrim tuman va shahar hokimlari, ularning birinchi o‘rinbosarlari mavjud imkoniyatlardan foydalanib, ishlarni to‘g‘ri tashkil eta olmayapti. Misol uchun, xizmatlar sohasida yanvar-may oylarida 756 ming ish o‘rni yaratildi. Lekin, ish o‘rinlarining atigi 232 mingtasi yoki 31 foizi yangi ob’yektlarda yaratilgan. Qolgan 510 mingta ish o‘rni o‘zini o‘zi band qilganlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda», degan prezident.
Ma’lum bo‘lishicha, yangi savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarida ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha Toshkent shahri, Samarqand, Farg‘ona, Andijon viloyatlari natija ko‘rsatgan, Jizzax, Navoiy, Xorazm, Qashqadaryodagi ishlar ahvoli qoniqarsiz deb topilgan.
2022 yilda xizmatlar sohasida 120 mingdan ortiq yangi loyihani ishga tushirish, xizmatlar hajmini 435 trillion so‘mga yetkazish (o‘tgan yili 283 trillion so‘m bo‘lgan) hamda sohada 1,5 million ish o‘rni yaratish reja qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter