Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya xoldingi bilan kooperatsiya loyihalari amalga oshiriladi

Turkiya xoldingi bilan kooperatsiya loyihalari amalga oshiriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

16-noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashining birinchi majlisi doirasida «Cengiz Enerji» kompaniyasi boshqaruvi raisi Mehmet Jengiz bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari bugungi kunda Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi energetika quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha muhim loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan ushbu turk kompaniyasining faoliyatini yuqori baholadi.

Boshlangan loyihalarni tez fursatda yakuniga yetkazish hamda ustuvor yo‘nalishlarda, shu jumladan energetika ob’yektlarini modernizatsiya qilish va transport infratuzilmasini rivojlantirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhim ekani ta’kidlandi.

Mehmet Jengiz samimiy qabul hamda xorijiy investorlarning samarali faoliyatiga yaratilayotgan sharoitlar uchun O‘zbekiston prezidentiga minnatdorlik izhor etdi. Mamlakatimizda muhim infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishda bundan buyon ham ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring