Shavkat Mirziyoyev Argentina prezidenti va Iordaniya podshohini tabrikladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-may kuni Argentina Respublikasining milliy bayrami - May inqilobi kuni munosabati bilan Prezident Alberto Anxel Fernandesga tabrik yo‘lladi.
Tarixdan ma’lumki, Argentinaning Ispaniyadan mustaqil bo‘lishida May inqilobi voqealari muhim rol o‘ynagan.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev bugun Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Mustaqillik kuni munosabati bilan Podshoh Abdulla II ibn Husayn al-Hoshimiyni tabrikladi.
1946-yil Transiordaniya knyazligi Britaniya mandatidan chiqqan va hozirgi Iordaniya davlatiga asos solingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter