Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistondagi vaziyatga munosabat bildirdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Yangi O‘zbekiston» gazetasiga bergan intervyusida Afg‘oniston masalasiga alohida to‘xtalib o‘tgan.
Uning aytishicha, O‘zbekiston Afg‘onistonning yaqin qo‘shnisi sifatida bu mamlakatda tezroq tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishidan manfaatdordir.
«Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashtirilmoqda. Ushbu muhim hujjatda tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda», degan prezident.
Davlat rahbarining aytishicha, 2021-2022 yillarda O‘zbekiston raislik qiladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter