Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi qabul qilinadi
Joriy yilning 10 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan qabul marosimi nonushtasi tashkil etildi. Tadbirga xalqaro tashkilotlar va xorijiy missiyalarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari taklif etildi.
Tadbir madaniyat va turizm vaziri O. Nazarbekovning tantanali nutqi bilan ochildi. Vazir o‘z nutqida vazirlik va uning tuzilmalari oldiga qo‘yilgan maqsad-vazifalardan kelib chiqib amalga oshirilgan ishlarga, shu jumladan UNWTO Bosh assambleyasiga qadar Samarqandda turizm ta’limi, turizmda ayollarning o‘rni, ekoturizm, gastronomik turizm, IT texnologiyalar, turizm sohasidagi «aql markazi»ni tashkil etish bo‘yicha muhim xalqaro tadbirlar rejasiga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Madaniyat, san’at, kino, turizm va boshqa sohalardagi hamkorliklar;
Bosh Assambleyaning navbatdagi sessiyasini yetakchi xorijiy OAVlarda targ‘ib qilish;
Xorijiy davlatlar vakillarini Bosh Assambleya va uning doirasidagi «Turizm sohasidagi investitsiya forumi», «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo birinchi turizm forumi» va boshqa tadbirlarga jalb qilish;
UNWTO ravnaqi yo‘lida «Ipak yo‘li» brendini qayta tiklash bo‘yicha aniq muddatlarni belgilab olish.
Xuddi shuningdek, har bir diplomat bilan alohida muloqot qilinib, madaniyat va turizm sohasidagi muhim ustuvor masalalar yuzasidan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter