Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva AQSh elchisi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva AQSh elchisi bilan uchrashdi

Foto: Saida Mirziyoyeva.

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQSh elchisi bilan uchrashgani haqida yozdi

"Bugun biz AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Suhbatda tez o‘zgarayotgan voqeliklarni inobatga olgan holda AQShning yangi ma’muriyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildik", deya ma’lum qilgan Mirziyoyeva.

Shuningdek, ayollar uchun imkoniyatlar yaratish, ta’lim sohasini yaxshilash hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash yuzasidan fikr almashilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring