Qozog‘iston elchisi mukofotlandi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Qozog‘istonning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.
Mukofotni diplomatga bugun, 19-sentyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov topshirdi.
Qayd etilishicha, B.Atamqulov O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy ma’no-mazmun hamda muhim tashabbuslar bilan boyitish, ustuvor yo‘nalishlardagi aloqalarni kengaytirish va har tomonlama rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi, shuningdek, mamlakatlarimiz xalqlarining ko‘p asrlik do‘stligi va hamjihatligini yanada mustahkamlash yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, Beybut Atamqulov 2022-yil 31- oktyabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning farmoni bilan O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchi etib tayinlangan.
B.Atamqulov uzoq yillar diplomat sifatida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. O‘zbekistonga kelgunga qadar esa Qozog‘iston sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter