Qirg‘iziston bosh vaziri Toshkentga yetib keldi

Toshkentda 25-26-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Ulug‘bek Maripov bugun, 25-mart kuni mamlakatimizga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Qirg‘iziston delegatsiya tarkibiga mamlakatning turli vazirlik va idoralarining rahbarlari kiritilgan. Mehmonlar Toshkentdagi qator yuqori texnologik korxonalarda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va tayyorlanayotgan mahsulotlar bilan tanishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter