Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston prezidentining ta’lim va sog‘liqni saqlashga mas’ul 65 yoshli maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov lavozimidan ozod etildi.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, bu haqda bugun, 25-avgust kuni Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov o‘tkazgan yig‘ilishda ma’lum qilingan. Umrzoqov aholining juda ko‘p e’tirozlari aynan ta’lim va tibbiyotga oid ekanini ta’kidlagan.
Abduvohidov 2018-yil 27-avgustda prezident maslahatchisi etib tayinlangan edi.
Abdujabbor Abduvohidov tayinlovga qadar tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2002−2011-yillarda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori, 2011−2012-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori, so‘ngra prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi rektori bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter