O‘zbekistonning yangi elchisi BAAga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qarori bilan mamlakatimizning Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Abdulaziz Aqqulov 2022-yilning 11-aprel kuni Toshkent shahridan Abu-Dabiga jo‘nab ketdi.
A.Aqqulov 1985-yilda tug‘ilgan.
2007-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura bosqichini «Xalqaro turizm menejmenti» yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2005-yilda «O‘zstandart» agentligida boshlagan.
2006–2017-yillarda «O‘zbekturizm»da turli lavozimlarda ishlagan.
2017–2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i, raisning birinchi o‘rinbosari, rais vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan.
2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Rus va ingliz tillarini biladi.
Uylangan. To‘rt nafar farzandning otasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter