Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolarga murojaat qildi

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolarga murojaat qildi

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi vatandoshlar uchun Telegram guruhi orqali Ukraina hududida bo‘lgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi.

Qayd etilishicha, murojaatda elchixona «tasdiqlanmagan, soxta ma’lumotlarni tarqatmaslikni va vahima qo‘zg‘amaslikni» so‘ragan.

«Elchixona Ukraina davlat organlari, diplomatik korpus va yurtdoshlarimiz bilan doimiy aloqada», deyiladi murojaatda.

Elchixona, shuningdek, «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Kiyevga muntazam reyslar amalga oshirayotgani va manfaatdor fuqarolar Kiyev–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga qaytishlari mumkinligi haqida ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring