Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari uchrashdi

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari uchrashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.

Qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish va yangi ishbilarmonlik tashabbuslarini amalga oshirish, Turkiya yetakchi kompaniyalarining mamlakatimizdagi davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonidagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.

Faol gumanitar almashinuvlarni, eng avvalo, madaniyat va ta’lim sohalarida davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Joriy yil noyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkilotiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Vazirlarning «O‘zbekiston-Turkiya-Ozarbayjon» formatidagi muntazam uchrashuvlari doirasida samarali muloqotni kengaytirishga kelishib olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring