O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi
O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Chexiyaga rasmiy tashrifi doirasida bugun Praga shahrida O‘zbekiston-Chexiya biznes forumi o‘tkazildi.
Ikki mamlakat bosh vazirlari ishtirok etgan biznes-forumda mamlakatimizda prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiliklarida ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar mohiyati haqida so‘z yuritildi.
Biznes-forum yakunlari bo‘yicha muhim ikki tomonlama hujjatlar qabul qilindi va imzolandi. Xususan, ular orasida quyidagilar bor:
- siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda ishonchni oshirish orqali ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish istiqbollarini nazarda tutuvchi kengaytirilgan hamkorlikni o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiya;
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida Shaxslarning readmissiyasi va tranziti to‘g‘risida Bitim;
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod etish to‘g‘risida Bitim va boshqalar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter