Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston TIV «Jihodiya» madrasasidagi teraktni keskin qoraladi

O‘zbekiston TIV «Jihodiya» madrasasidagi teraktni keskin qoraladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston TIV 30-noyabr kuni Afg‘onistonning Samangan provinsiyasi Aybak shahrida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralab chiqdi.

«Jihodiya» madrasasida amalga oshirilgan qabih harakat ko‘plab insonlarning, asosan yosh talabalarning qurbon bo‘lishiga olib keldi.

«Yana bir bor shuni ma’lum qilamizki, bunday zo‘ravonlik harakatlari keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘lib, Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatishga, shuningdek, milliy kelishuvga yerishishga to‘sqinlik qiladi.

Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilaymiz», deyiladi vazirlik bayonotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring