O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
![O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/8/720_460_95_2889936591.jpg)
Parij shahridagi Shon-sharaf maydonida 9-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/1/720__U-l6i0Nbj6Nmzw0qg2Vagpg-SKB2S0Ve.jpg)
O‘zbekiston va Fransiya davlat madhiyalari yangradi. Marosimda mamlakatimiz delegatsiyasi a’zolari ham hozir bo‘ldi.
Shundan so‘ng davlatimiz rahbari Fransiya Respublikasi Prezidentining Yelisey saroyiga yo‘l oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter