O‘zbekiston MDH davlatlari razvedka xizmatlari rahbarlari yig‘ilishida qatnashadi
Shu yilning 30-sentyabr kuni Moskvada MDH davlatlari xavfsizlik idoralari va razvedka xizmatlari rahbarlarining XVIII yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Har yili o‘tkaziladigan mazkur tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyalari ishtirok etadi.
Maslahat organi faoliyati doirasida Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning Hamdo‘stlik mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlari bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuvi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter