O‘zbekiston elchisi «Tolibon» vaziri bilan uchrashdi

Afg‘oniston muvaqqat hukumatida tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlangan Amirxon Muttaqiy Kobulda O‘zbekiston elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonovni qabul qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki tomonlama aloqalar, xususan, Mozori-Sharif shahridagi aeroportni rekonstruksiya qilish va aviaqatnovlarni qayta tiklash masalalari muhokama qilingan.
Amirxon Muttaqiy O‘zbekistonga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash umidini bergani uchun minnatdorchilik bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter