Namanganda O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradasidagi muammo muhokama qilindi

Kecha, 11-aprel kuni Namangan shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Uchrashuv doirasida 2017-yil 5-sentabrdagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomaga kiritilmagan uchastkalar bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasining o‘tish chizig‘ini tavsiflash bo‘yicha ishlar davom ettirildi.
Uchrashuv ahil qo‘shnichilik va o‘zaro tushunish ruhida o‘tdi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra bayonnoma imzolandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter