Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev Trampga ta’ziya maktubi yo‘lladi

Mirziyoyev Trampga ta’ziya maktubi yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh rahbariga ta’ziya maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining markaziy va janubiy shtatlarida ro‘y bergan halokatli tornadolar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani, jarohat olgani va katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan Prezident Donald Trampga ta’ziya maktubi yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda shifo topishini tiladi. 

Eslatib o‘tamiz, AQShda bir kun avval tornadolar oqibatida kamida 31 kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi. Eng ko‘p qurbon kuzatilgar shtat Missuri bo‘lib, u yerda 12 kishi halok bo‘lgan. Kanzas shtatida kuchli chang bo‘roni sabab bo‘lgan yirik halokatda sakkiz kishi halok bo‘ldi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring