Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev Si Szinpinga tabrik yo‘lladi

Mirziyoyev Si Szinpinga tabrik yo‘lladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga uning 70 yoshlik yubileyi munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

«Sizning bevosita rahbarligingizda do‘st Xitoy xalqi so‘nggi yillarda ulkan yutuq va olamshumul muvaffaqiyatlarga erishib kelmokda. Aholini kambag‘allikdan chiqarish, qashshoqlikka barham berish, o‘rtacha farovon jamiyat qurish jarayonlarini yakuniga yetkazishga qaratilgan keng miqyosdagi islohotlar samarali amalga oshirilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, Sizning shaxsan e’tiboringiz tufayli O‘zbekiston - Xitoy munosabatlari har tomonlama mustahkamlanib, sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilib bormoqda.

Yaqinda Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifim yakunlari hamda Sian shahrida bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo - Xitoy» birinchi sammiti doirasidagi sermazmun muzokaralarimiz natijalari har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shishi shubhasiz», — deyiladi davlat rahbarining maktubida.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etib, unga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, g‘oyatda mas’uliyatli va sharafli davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Xitoy xalqiga esa bardavom tinchlik-omonlik, fayzu baraka va farovonlik tilagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring