Milosh Zeman Chexiya prezidenti etib saylandi
Milosh Zeman shanba kuni yakunlangan saylovning ikkinchi turi dastlabki natijalariga ko‘ra Chexiya prezidenti etib saylandi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Chexiya statistika boshqarmasi ma’lumotlariga qaraganda, mamlakatdagi saylov uchastkalarining 86,86 foizidagi ovoz berish natijalari hisob-kitob qilinganda Zemanga 52,94 foiz, uning raqibi, Chexiya fanlar akademiyasining sobiq rahbari Irji Dragoshga 45,07 foiz saylovchi ovoz bergani ma’lum bo‘lgan.
OAVning xabar berishicha, Dragosh Praga, Markaziy Chexiya va Sharqiy Chexiya o‘lkalarida ko‘proq ovoz olgan. Mamlakatning qolgan qismi esa Milosh Zemanga ovoz bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter