Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy Osiyo ikki muhim mintaqa o‘rtasida ko‘prik bo‘lishi kerak – Roman Vasilenko

Markaziy Osiyo ikki muhim mintaqa o‘rtasida ko‘prik bo‘lishi kerak – Roman Vasilenko

Markaziy Osiyo davlatlari qulay jug‘rofiy joylashuvi hamda geoiqtisodiy salohiyati orqali Osiyo va Yevropa o‘rtasida quruqlikdagi robitalarni yanada kuchaytirish, “O‘rta yo‘lak”ni mustahkamlashga hissa qo‘shishi mumkin.

Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenko 5 oktyabr kuni Ostona shahrida dunyo mamlakatlari jurnalistlari bilan uchrashuvda gapirdi, deb xabar bermoqda Xabar.uz muxbiri.

Rasmiy Ostona Markaziy Osiyo va Yevropaning transport-logistika tizimi integratsiyalashuvini jadallashtirishni taklif qilmoqda.

Yuqori martabali diplomatga ko‘ra, “Markaziy Osiyo+” formatida AQSh, Xitoy, Yevropa Ittifoqi, Ko‘rfaz davlatlari, Hindiston kabi jahon siyosatining yirik o‘yinchilari bilan muloqot yo‘lga qo‘yilgani mintaqaning geosiyosatdagi o‘rni oshib borayotganidan dalolat beradi.

TIV o‘rinbosari mamlakat tashqi siyosati asosiy tamoyillariga ham oydinlik kiritdi.

“Qozog‘iston ko‘p tomonlama hamkorlik va BMT Nizomlariga rioya qilish talabiga sodiq bo‘lib qoladi... Yaqinda prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev ko‘p qutbli global tartibning tamali o‘laroq bo‘linmas Yevroosiyo xavfsizligini shakllantirish g‘oyasini ilgari surdi. Geosiyosiy iqlim shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bir pallada Qozog‘iston tinchlik va hamkorlikni himoya qilish tarafdoridir”, – dedi R.Vasilenko.

Ta’kidlanishicha, Ostona tinchlik, muvozanat, pragmatik yondashuv va qat’iyatga asoslangan diplomatiya orqali ham Sharq, ham G‘arbdagi hamkorlar bilan konstruktiv muloqot olib borishni ma’qul ko‘radi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring