Kongress «Kreml ro‘yxati»ning maxfiy qismini chop etmoqchi emas
AQSh Kongressi «Kreml ro‘yxati» deb nomlangan hujjatning maxfiy ma’lumotlarini ma’lum qilish niyatida emas. Bu xabarni AQSh senatori Ben Kardinning so‘zlariga asoslanib «RIA Novosti» tarqatdi.
«Ushbu hujjatning yopiq qismini biz ommaga e’lon qila olmaymiz. Bunga bizning haqqimiz yo‘q», — degan Kardin.
Avvalroq AQSh moliya vaziri Stiven Minuchin Kongressga “Kreml dokladi”ning maxfiy qismi sifatida Rossiyaga nisbatan yangi cheklovlar joriy etish uchun 100 sahifadan iborat hujjat taqdim etilgani, ammo Kongress uni oshkor etmagani haqida bildirgan edi.
AQSh moliya vazirligi Rossiyaning deyarli barcha hukumat vakillari va yirik ishlab chiqaruvchilari, jami 200dan ortiq yirik shaxslarga nisbatan cheklov joriy etish ko‘zda tutilgan «Kreml ro‘yxati» deb nomlangan hujjatni e’lon qilgandi.
Rossiya prezidenti Putin bu ro‘yxatni «g‘arazli hujjat» deya atagan. Uning fikricha, hukumat birinchi navbatda ichki muammolar bilan shug‘ullanishi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter