Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kogon hokimi va barcha sektor rahbarlari ishdan olinishi kutilmoqda

Kogon hokimi va barcha sektor rahbarlari ishdan olinishi kutilmoqda

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun o‘tkazilgan selektor yig‘ilishi davomida Kogon shahrida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha sustkashlikka yo‘l qo‘yilganini tanqid qildi. Davlat rahbari shahar hokimi Hoshimov, ichqi ishlar bog‘lishi Javkashev, soliq idorasi boshlig‘i Bobomurodov va prokuror Yarashevlarning ishga loyiqligini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri ma’lum qilgan.

Kogon shahar 2-sektor rahbari (shahar prokurori Yarashev) yoshlar bilan uchrashuvda ularning 3 nafarini bir hafta muddatda ish bilan ta’minlayman deb, va’da bergan. Lekin oradan bir oy vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, natija yo‘q.

Kogon shahridagi qolgan sektor rahbarlari ham mahallalarga tushib ishlamayapti. Bunday sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun Kogon shahrining to‘rtala sektor rahbarlarining ishga loyiqligini ko‘rib chiqish lozim, — dedi Prezident.

Davlat rahbari bu masala bo‘yicha Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripovga topshiriq berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring