Italiya-Markaziy Osiyo: hamkorlikning yangi paradigmasi shakllanmoqda

Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti davom etmoqda: hamkorlikning yangi paradigmasi shakllanmoqda.
Bugun Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Italiya ishtirokida tarixiy sammit o‘z ishini davom ettirdi. Sammit doirasida Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi mezonlari muhokama qilindi.
Mavzular markazida:
— “Yashil” iqtisodiyot va barqaror rivojlanish;
— Investitsiyaviy muhitni yaxshilash va sanoat kooperatsiyasi;
— Energetika va logistikada o‘zaro bog‘liqlik;
— Ta’lim, innovatsiya va yoshlar almashinuvi.
Bu yo‘nalishlar – Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan so‘nggi yillarda qo‘llab-quvvatlab kelinayotgan strategik tashabbuslar yo‘nalishlaridir:
- “Yashil energiya” va iqlim barqarorligi bo‘yicha global sherikliklar;
- Innovatsion texnoparklar va Yevropa bilan sanoat integratsiyasi;
- Italyan biznesi uchun O‘zbekistonda qulay shart-sharoitlar yaratish;
- Yoshlar, ayollar va tadbirkorlar salohiyatini rivojlantirish dasturlari.
Ushbu uchrashuv natijasida Yevropa biznesi uchun Markaziy Osiyoda yangi sanoat va logistika platformalarini yaratish, Italiyaning ilg‘or texnologiyalari va tajribasini O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etish, qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida yoshlar uchun stipendiya va akademik almashinuv imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, “yashil rivojlanish” sohasida amaliy hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish kutilmoqda.
O‘zbekiston, Markaziy Osiyoda ochiqlik va pragmatik hamkorlik siyosati orqali, Italiya kabi yetakchi mamlakatlar bilan o‘zaro ishonchga asoslangan strategik muloqotni chuqurlashtirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter