Germaniya kansleri Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qildi
Bugun, 18 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Kansleri Angela Merkel telefon orqali muloqot qildilar, deb xabar berdi prezidenti matbuot xizmati.
Suhbatda Afg‘onistonda keskinlik va zo‘ravonlikning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, afg‘on mojarosini siyosiy yo‘l bilan tartibga solishni xalqaro hamjamiyat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqarolarni Afg‘onistondan aviatsiya transportida O‘zbekiston orqali tranzit yo‘li bilan Germaniyaga evakuatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Xabaringiz bor, Afg‘onistondan nemis fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun O‘zbekistonning mahalliy aeroporti vaqtincha yopilgan edi.
Ayni paytda Germaniya Toshkent orqali o‘zining, shuningdek, Yevropa Ittifoqi hamda Afg‘oniston fuqarolarini evakuatsiya qilmoqda. Evakuatsiya qilinganlarning barchasi Germaniyaga ketgunga qadar aeroport tranzit hududida bo‘lishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter