Farhod Ermanov senator bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov senator etib saylangan.
Shu yilning 27-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisida Farhod Ermanov Senati a’zosi sifatida ro‘yxatga olingan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi axborot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 30-noyabr kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter