Donald Tusk O‘zbekistonga keladi va Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi

Yevropa kengashi raisi Donald Tusk joriy yilning 29-mayidan 2-iyuniga qadar Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab safar qiladi. Jumladan Tusk 31-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00da O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ladi. Bu haqda Yevropa ittifoqi kengashi rasmiy saytida xabar berildi.
Shuningdek, Tusk dastlab 30-may kuni Dushanbeda Emomali Rahmon bilan uchrashadi.
Keyingi kun rejasida esa Nur-Sulton shahrida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev, kunning ikkinchi yarmida esa birinchi prezident Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuv belgilangan. Shundan so‘ng Tusk O‘zbekistonga yo‘l oladi.
«Yevropa Ittifoqi yangi Yevroittifoq - Markaziy Osiyo strategiyasini e’lon qildi. Tuskning safari Ittifoqning mintaqa va alohida mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarining yana bir ifodasidir.
Ikki tomonlama hamkorlikdan tashqari, iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitni muhofaza qilish va chegara masalalari, shuningdek mintaqaviy xavfsizlik masalalari ham kun tartibida bo‘ladi» deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter