Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on va Berdimuhamedov oliy orden bilan mukofotlandi (foto)

Erdo‘g‘on va Berdimuhamedov oliy orden bilan mukofotlandi (foto)

Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida yuqori martabali mehmonlarni taqdirlash marosimi o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on hamda Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni «Turkiy dunyoning oliy ordeni» bilan mukofotladi.

Qayd etish kerakki, ushbu mukofot 2019 yildan beri sammit ishtirokchilariga topshirib kelinadi. Bokuda o‘tkazilgan sammitda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga ushbu ordenni topshirgan edi.

2021 yilda esa Turkiya prezidenti Ozarbayjon yetakchisini ayni orden bilan mukofotlagan.

Shuningdek, marhum atoqli adib Chingiz Aytmatov Turk dunyosi birligini ta’minlashga qo‘shgan hissasi uchun Alisher Novoiy nomidagi xalqaro mukofot bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Turkiya prezidentiga O‘zbekistonning «Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordeni topshirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring