Bugun Viktor Orbanning Samarqandga kelishi kutilmoqda
Bugun Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida muhim tadbirlar boshlanadi. Vengriya bosh vazirining tashrifi kutilmoqda.
Xabaringiz bor, 10-11 noyabr kunlari Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning Samarqandga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Bugun, 9 noyabr kuni sammit doirasida bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Xususan, «Samarkand Regency» mehmonxonasida TDTga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlarning savdo vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, vazirlik va idoralar rahbarlari OAV uchun brifinglar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter