Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden Mirziyoyevga uchrashishni taklif qildi

Bayden Mirziyoyevga uchrashishni taklif qildi

11-avgust kuni yuborilgan maktubida AQSh prezidenti Jo Bayden O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni Nyu-Yorkda BMT bosh assambleyasi doirasida Markaziy Osiyo va AQSh davlat rahbarlarining (SA5+1) sammitiga taklif etgan.

Bu haqda Forbes ma’lumot berdi. 

«O‘tgan bir yil davomida biz savdo va sarmoyaviy aloqalarimizni mustahkamlash, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaviy muammolarni hal etishda hamkorlik qilish kabi hamkorlikni yangi bosqichlarga ko‘tardik. AQSh Sizning siyosiy va iqtisodiy islohotlaringizni qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi», — deyiladi maktubda.

Shuningdek, maktubda Saida Mirziyoyevaning joriy yil boshida Oq uyga tashrifi ham tilga olingan hamda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilangani, gender tengligi yo‘lida qilinayotgan ishlar e’tirof etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring