Shavkat Mirziyoyevni Hayit bilan kimlar tabrikladi?
Muqaddas Ramazon hayiti – Iyd ul-Fitr munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga jahonning turli mamlakatlari davlat va hukumatlari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosat va jamoat arboblari, ulamolardan qutlovlar kelmoqda.
«Tabriknomalarda O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqiga chuqur hurmat-ehtirom izhor qilingan. Ushbu qutlug‘ va fayzli kunlarda xorijiy yetakchi va hamkorlar bizga tinchlik, baxt-saodat, farovonlik va ravnaq tilab, do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qat’iy intilish bidirgan», deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.
Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
- Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;
- Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on;
- Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy;
- Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
- Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
- Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov;
- Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon;
- Turkmaniston Serdar Berdimuhamedov;
- Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
- Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
- Birlashgan Arab Respublikasi Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon;
- Kuvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
- Ummon Sultoni Haysam bin Toriq As-Said;
- Bahrayn Podshohi Hamad bin Iso Al-Xalifa;
- Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
- Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo;
- Filippin Prezidenti Rodrigo Duterte;
- Singapur Prezidenti Halima Yoqub;
- Suriya Arab Respublikasi Prezidenti Bashar Asad;
- Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
- Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;
- Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
- Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
- Kuvayt davlati valiahdi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
- Singapur Bosh vaziri Li Syan Lun;
- Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
- Turkiy tilli davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag‘dod Amreyev;
- Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy;
- Misr Bosh imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Muhammad at-Tayyib;
- Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter