Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh vitse-prezidenti: «Biz KXDR bilan muzokaralarga tayyormiz»

AQSh vitse-prezidenti: «Biz KXDR bilan muzokaralarga tayyormiz»

Mayk Pens — AQSh vitse-prezidenti.

Foto: «Sputnik»

Vashington Shimoliy Koreyaga bosimni davom ettiradi, ammo muzokaralar o‘tkazishga ham tayyor. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens ma’lum qildi.

«Biz yuqori bosimni davom ettiramiz, ammo muzokaralarga ham doimo tayyormiz», — deya ta’kidlagan Pens «Washington Post»ga bergan intervyuchida. Undan: «KXDR  sanksiyalardan qutulishi uchun uchun qanday talablar bajarishi lozim?» — deya so‘rashganida: «Aniq bilmayman. Buning uchun muzokaralar o‘tkazish zarur», — deya ta’kidlagan.

AQSh har doim KXDR o‘z yadroviy va raketa dasturlarini to‘xtatishi kerakligini, shundan so‘nggina muzokaralarga o‘rin berilishi mumkinligini aytib keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring