Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aktam Haitov parlamentda O‘zLiDep fraksiyasi rahbariga aylandi

Aktam Haitov parlamentda O‘zLiDep fraksiyasi rahbariga aylandi

Foto:«Xabar.uz»

18 yanvar kuni  O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlar ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda saylangan 53 nafar deputatdan iborat O‘zLiDep fraksiyasini ta’sis etish bo‘yicha taklif o‘rtaga tashlandi. Fraksiya rahbari lavozimiga partiya Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi raisi Xaitov Aktam Axmadovich nomzodi taklif etildi va ma’qullandi.

Ma’lumki, O‘zLiDep Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 53 ta yoki 35,3 foiz o‘rinni egallab, birinchi o‘rinni egalladi. 

Foto:«Xabar.uz»

Yig‘ilishda saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratilgan «Yo‘l xarita»sini ishlab chiqish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Kelajakda esa «saylovlarning proporsional tizimiga» o‘tish, «Elektron parlament» va «Elektron Xalq kengashi deputatlari» konsepsiyalarini rivojlantirish, boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish, «Elektron hukumat» konsepsiyasini izchil amalga oshirish rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlarini saylash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan siyosiy partiyalar vakillari Kengashiga O‘zLiDep fraksiyasidan ham vakillarni belgilash masalasi muhokama qilindi va O‘zLiDep fraksiyasidan uch nafar nomzod ko‘rsatildi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring