Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulaziz Komilov AQShda BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov AQShda BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Foto: TIV axborot xizmati

Amaliy tashrif bilan AQShda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maxsus vakili Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2022-yilning 6-iyul kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik hamfa barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilindi.

Bosh kotib O‘zbekistonning 2022-yil 26-iyul kuni Toshkent shahrida «Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot» mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Mazkur forumda BMTdan yuqori darajadagi vakillar ishtirok etadi.

«A.Guterrish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ustuvor yo‘nalishlari haqidagi ma’lumotlarni katta qiziqish bilan tingladi», deyiladi TIV xabarida.

Tomonlar o‘zaro hamkorlik kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring