Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaqin soatlar ichida faqat Toshkent viloyatida koronavirus holati aniqlandi

Yaqin soatlar ichida faqat Toshkent viloyatida koronavirus holati aniqlandi

Foto: «Irk.today»

2020-yil 25-sentyabr soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 54 462 (+70) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining barcha 70 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 311 nafar, Toshkent viloyatida 81 nafar, Namangan viloyatida 35 nafar, Qashqadaryo viloyatida ham 35 nafar, Surxondaryo viloyatida 19 nafar, Andijon viloyatida 12 nafar, Navoiy viloyatida 10 nafar, Samarqand viloyatida 6 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 50 954 (+513) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 058 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring