Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xivada IHTga a’zo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi ish boshladi

Xivada IHTga a’zo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi ish boshladi

Bugun, 31 may kuni O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan navbatdagi nufuzli tadbirlar doirasida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi o‘z ishini boshladi.

Ayni daqiqalarda Xiva shahrida IHTga a’zo – Turkiya, Senegal, Somali, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Uganda, Ozarbayjon, Bangladesh, Burkina-Faso, Gabon, Misr, Iroq, Liviya, Malayziya, Indoneziya, Singapur, Maldiv orollari, Ummon, BAA va boshqa bir qator mamlakatlarning turizm rasmiylari ishtirokida tashkilotning Turizm bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasining majlisi o‘tkazilmoqda.

Unda tashkilot doirasida sayyohlar oqimini oshirish, turizmning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishda o‘zaro hamkorlik qilish, shuningdek, to‘siqsiz turizm uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalalarini muhokama qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) ga a’zo davlatlar turizm vazirlarining XI sessiyasida ikki yarim ming yillik tarixga ega qadimiy Xiva shahri 2024 yilda «Islom dunyosining turizm poytaxti» deb e’lon qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring